AsosiyJamiyat

Davlat dasturlari doirasida kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi

'Davlat dasturlari doirasida kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi'ning rasmi

“Aholini kichik va o`rta biznesga keng jalb qilishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–366-son, 15.11.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda. 

Qarorga ko`ra, 2024–2026 yillarda:

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan:

-kichik tadbirkorlarga ajratiladigan kredit qoldig`i 1,7 baravarga oshirilib, ularning kredit portfelidagi ulushi 28 foizdan 43 foizga etkaziladi;

-kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 800 million AQSh dollarigacha resurs jalb qilinadi;

-300 million AQSh dollari miqdorida obligasiya (evrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi;

-150 mingta kichik tadbirkorlar faoliyati yo`lga qo`yiladi;

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan:

- kichik va o`rta tadbirkorlarga ko`rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmi 8 trillion so`mdan 14 trillion so`mga etkaziladi;

-150 ta o`rta biznes korxonasiga ulush kiritiladi va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyiha tadbirkorlarga sotiladi;

- o`rta tadbirkorlar soni 2,5 baravarga oshiriladi;

- 300 million AQSh dollari miqdorida obligasiya (evrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi.

2023 yil 15 dekabrgacha hududlar va davlat dasturlari yo`nalishlari kesimida 2024 yilda 2 million aholini biznesga jalb qilishning maqsadli ko`rsatkichlari tasdiqlanadi.

2024 yil 1 iyuldan davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlardan samarali foydalanish uchun kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi.

2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperasiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlarga o`zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga bir yilda 10 milliard so`mgacha to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar