"Hayvon va o`simliklar eksporti/importi obektlari bo`yicha qisqacha qo`llanma. O`zbekiston Respublikasi” qo`llanmasi nashr etildi.
Birinchi nashr Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi ko`magida “Ekomaktab” Ekologik resurs markazi tomonidan BMTTD/GEFning "Global ahamiyatga ega bioxilma-xillik uchun muhim tog`li hududlarda tabiiy resurslar va o`rmon xo`jaligidan barqaror foydalanish" loyihasi doirasida tayyorlangan.
Rus va o`zbek tillarida takomillashtirilgan va kengaytirilgan ikkinchi nashrni tayyorlash Fauna & Flora (FF) loyihasining “Markaziy Osiyoda yovvoyi tabiat jinoyatlariga qarshi kurashish potensialini kuchaytirish va ko`maklashish” loyihasi ko`magida amalga oshirildi.
Qisqacha qo`llanma import-eksport-reeksport obekti bo`lgan hamda CITES konvensiyasi va O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga taalluqli bo`lgan o`simliklar va hayvonlarning eng mashhur turlari va kenja turlari bo`yicha amaliy qo`llanma hisoblanadi.
Nashrda CITES namunalarining tur identifikatorini aniqlash, shuningdek, CITES ilovalariga kiritilmagan eng ko`p import-eksport qilinadigan turlar, shu jumladan, tur/kichik turlar, uning hosilalari va tasviri, rus, ingliz tillaridagi va ilmiy nomi, yashash mamlakatlari va import-eksport-reeksport mamlakatlari ro`yxati, tashish usullari, savdo obekti (jonli namunalar, hosilalar)ni aniqlash uchun ma`lumotlar mavjud.
Kitobda, shuningdek, Respublika chegara punktlari va bojxona postlarida tekshirish uchun zarur bo`lgan hujjatlar ro`yxati, jumladan, tekshirish sxemasi va tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi to`g`risidagi ma`lumotlar keltirilgan.
Kalit O`zbekiston Respublikasi ekologik tuzilmalari, bojxona va chegara xizmatlari xodimlari uchun mo`ljallangan.






