AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva Matbuot erkinligi bo`yicha EXHT vakili bilan uchrashdi

'Saida Mirziyoeva  Matbuot erkinligi bo`yicha EXHT vakili bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun Saida Mirziyoeva Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi masalalari bo`yicha vakili Tereza Ribeyro bilan uchrashuv o`tkazdi. 

Mirziyoevaning ma`lum qilishicha, uchrashuvda dunyoda so`z erkinligi masalasida yuzaga kelayotgan va ba`zan avjiga chiqayotgan ziddiyatlar hamda bu sohadagi imkoniyatlarni muhokama qilingan.  

Shuningdek, hozirda ommaviy axborot vositalari to`g`risidagi qonunchilikni takomillashtirish bosqichida ekanligi, Axborot kodeksi loyihasi ishlab chiqilayotgani muhokama qilingan.  

So`nggi yillarda OAV sohasida yuz bergan ijobiy o`zgarishlarni saqlab qolish va jurnalistlarni himoya qilish uchun juda muhimligi ta`kidlangan.

Aynan ushbu mavzu doirasida istiqboldagi qo`shma loyihalar muhokama qilingan.

    Boshqa yangiliklar