AsosiyJamiyat

Oliy Bosh Qo`mondon Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga bordi

'Oliy Bosh Qo`mondon Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga bordi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi.

Mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar qo`shinlarning jangovar salohiyati va harbiy-ma`muriy sektorlar faoliyatini yanada yuksaltirishda muhim omil bo`lmoqda.

Mazkur qismda ham harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini oshirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. O`quv binolari, ma`naviyat va ma`rifat xonalari, sport zali eng zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan.

Davlat rahbari harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, chegarani qo`riqlashda qo`llanilayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalarni ko`zdan kechirdi. Bunda uchuvchisiz uchish apparatlarining ahamiyati alohida ta`kidlandi, ularni ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Qurolli Kuchlarimizning salohiyatini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning shayligi, zamonaviy qurol-aslahalar, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish hamda ularga texnik xizmat ko`rsatish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berildi.

Davlatimiz rahbariga “Bayraktar TB2” razvedka-zarba uchuvchisiz uchish apparatining parvozi namoyish etildi.

    Boshqa yangiliklar