AsosiyDunyo

“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi boshlandi

'“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi boshlandi'ning rasmi

Poytaxtimizda 18 noyabr – O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i qabul qilingan kunga bag`ishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi boshlandi.

Mazkur ommaviy yugurish musobaqasi Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, "Asaka bank" ATV, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, “O`zbekneftgaz” AJ va O`zbekiston Engil atletika federasiyasi tomonidan tashkil etildi.

Ko`p tarmoqli “Humo Arena” majmuasi maydonida boshlangan ommaviy yugurish musobaqasida ishtirokchilar 3 km va 10 km masofaga yugurmoqdalar. Ushbu masofalarga yugurish bo`yicha g`oliblar 18 yoshdan 35 yoshgacha, 35 yoshdan 55 yoshgacha va undan katta yoshdagi erkaklar va ayollar o`rtasida yosh toifalari bo`yicha aniqlanadi hamda ommaviy yugurish musobaqasining eng yosh va eng keksa ishtirokchilari ham alohida sovg`alar bilan taqdirlanadi. Yuguruvchilar “Absolyut” va “Havaskor” toifalarida sovrinlar uchun kurash olib boradi.

Eslatib o`tamiz, “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi respublikamizning barcha hududlarida bir vaqtda, ertalab soat 07:30 da boshlandi. Poytaxtimizdagi musobaqada birinchi o`rin olganlar – 3 million, ikkinchi o`rin esa 2 million va uchinchi o`rin sohiblari 1 million so`m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Taqdirlash marosimi 11:00 da “Paxtakor” sport majmuasi Engil atletika federasiyasi stadioni hududida bo`lib o`tadi. Viloyatlarda pul mukofoti tashkiliy qo`mitalar tomonidan shakllantiriladi.

    Boshqa yangiliklar