AsosiyDunyo

Moskvada 39 nafar quruvchi o`zaro mushtlashdi. Ulardan 35 nafari o`zbekistonliklar (video)

'Moskvada 39 nafar quruvchi o`zaro mushtlashdi. Ulardan 35 nafari o`zbekistonliklar (video)'ning rasmi

Moskva shimolidagi Alfi minorasi osmono`par binosi quruvchilari o`rtasida oshxonadagi navbat sabab mushtlashuv bo`ldi. 

Mushtlashganlardan 35 nafari o`zbekistonlik bo`lib, janjal oshxonadagi navbat talashishdan kelib chiqqan. Mushtlashuv natijasida ikki kishi vafot etgan. 37 nafari esa polisiya bo`limiga olib ketildi. Bu haqda Baza yozmoqda. 

Ma`lum qilinishicha mushtlashuv 16 noyabr kuni sodir bo`lgan. Baza xabariga ko`ra, ikki ishchi tibbiy yordamga muhtoj bo`lgan – ularda ko`karishlar borligi aniqlangan va tibbiy yordam ko`rsatilgandan keyin qo`yib yuborilgan.

Bo`limga jami 37 kishi — 35 nafar O`zbekiston, bir nafar Rossiya, bir nafar Turkiya fuqarosi olib kelingan. Ulardan to`rt nafari qo`lga olingan, yana bir necha kishi qidirilmoqda. 

Shovqin qo`zg`atuvchilarga nisbatan “Bezorilik” moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar