So`z ustasi Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika Askiya va qiziqchilik san`ati markazi asoschisi, Marg`ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti Sheraev Mamasiddiq Qamchiboevich 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
U 1999 yil O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, 2021 yil Do`stlik ordeni sohibi bo`lgan. Shuningdek:
1972-1975 yil - Sirdaryo musiqali teatrida 2-tofali aktyor
1975-1977 yil. - Farg`ona o`zbek teatrida drama artisti
1979-1986 yil - “Nurxon” xalq teatrida rejissor
1986-1987 yil - Toshloq tuman Madaniyat bo`limida badiiy rahbar
1987-1993 yil. - Farg`ona shahar “Neftchi” klubida kinooprerator
2006-2016 yil. - “Muxammasidiq askiyasi” xususiy korxona rahbari
2016-2020 yil. - Marg`ilon shahar Madaniyat bo`limida to`garak rahbari lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, 2020 yildan hozirgi vaqtgacha Marg`ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.