AsosiyDunyo

Qozog`istonda raqamli tanga chiqarildi

'Qozog`istonda raqamli tanga chiqarildi'ning rasmi

Olmaotada Qozog`iston moliyachilarining XI Kongressida raqamli tangani muomalaga kiritish marosimi bo`lib o`tdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Qozog`iston Milliy banki ikkilamchi banklar va ularning mijozlari ishtirokida raqamli tanga platformasini sinovdan o`tkazdi.

Ta`kidlanishicha, raqamli tanga naqd va naqd pulsiz to`lovlarning mavjud afzalliklarini o`zida mujassam etgan. Manzilli ijtimoiy to`lovlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, davlat xaridlari samaradorligini oshiradi, dasturlashtiriladigan to`lovlarni yaratadi. Raqamli tanganing uch bosqichli amalga oshirilishi 2025 yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar