AsosiyDunyo

Fransuz olimi doping uchun chuvalchanglardan foydalanish mumkinligini aytmoqda

'Fransuz olimi doping uchun chuvalchanglardan foydalanish mumkinligini aytmoqda'ning rasmi

Dengiz chuvalchanglarining ayrim turlarini qoni doping moddalarining manbai bo`lishi mumkin. 

Fransuz olimi Frank Zalning so`zlariga ko`ra, “Tur de Frans” poygasida ishtirok etayotgan mashhur velosportchi maslahat uchun u bilan allaqachon bog`langan.

Frank Zal dengiz qurti gemoglobini qondagi kislorodni tashishda inson gemoglobinidan 40 barobar samaraliroq ekanligini aniqlagan. Bu sportchilarning chidamliligi va kuchini oshirishi mumkinligini anglatadi.

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ilmiy direktori Olive Rabinning aytishicha, hali hech kim bunday stimulyatordan foydalanmagan. Va moddaga qiziqib qolgan velosipedchi huquq-tartibot idoralariga xabar qilingan.

 

    Boshqa yangiliklar