AsosiyDunyo

G`azodagi ayollar qo`llarida bolalari bilan tezroq o`lish uchun duo qilmoqdalar — BMT

'G`azodagi ayollar qo`llarida bolalari bilan tezroq o`lish uchun duo qilmoqdalar — BMT'ning rasmi

G`azo sektoridagi ayollar tinchlik, agar u kelmasa, qo`llarida bolalar bilan tez o`lim topishlarini tilab duo qilmoqda. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig`ilishida BMT Ayollar bo`yicha jahon tashkiloti bosh kotibi o`rinbosari Sima Baxus ma`lum qildi.

"G`azodagi ayollar bizga tinchlik so`rab duo qilishlarini aytishdi. Agar tinchlik bo`lmasa, ular uyqusida farzandlarini bag`riga olib, tez o`limni so`rab duo qilishmoqda. Har qanday ona, qaerda bo`lmasin, bunday duolar o`qiganidan hammamiz uyalamiz", - deydi u.

Baxsning qo`shimcha qilishicha, ayni damda anklavdagi shafqatsizlik va vayronagarchilik darajasi ilgari misli ko`rilmagan darajaga etgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o`rinbosarining aniqlik kiritishicha, har soatda ikki ona, har ikki soatda etti nafar ayol qurbon bo`lmoqda. Bundan tashqari, har kuni 180 nafar homilador ayol suvsiz, og`riq qoldiruvchi dorilarsiz, "kesarva" yo`li bilan bolasini dunyoga keltirmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar