AsosiyDunyo

Nyu-York rasmiylari AQSh va Kanada chegarasidagi portlashni terakt deb hisoblamaydi

'Nyu-York rasmiylari AQSh va Kanada chegarasidagi portlashni terakt deb hisoblamaydi'ning rasmi

AQSh va Kanada chegarasini bog`lovchi Rainbow ko`prigida vatomobil portlab ketdi. Ma`lum bo`lishicha, ko`prikda mashina tez tezlashgan va haydovchi boshqaruvni yo`qotib qo`ygan. Natijada avtomobil chegara posti yaqinida portlab ketgan. Portlashga aynan nima sabab bo`lgani hozircha aniqlanmagan. Mashinadagi ikki kishi halok bo`lgan. Chegara xizmati xodimi hayotiga xavf tug`dirmaydigan jarohatlar olgan.

AQShning Nyu-York shtati gubernatori Keti Xochul sodir bo`lgan voqeada terakt belgilarini ko`rmaganini bildirdi.

"Ushbu avariya bilan bog`liq hozircha biz bilgan narsalarga asoslanib, terrorchilik faoliyati haqida hech qanday ma`lumot yo`q", dedi Xochul matbuot anjumanida.

Gubernator, shuningdek, avtomashina medianaga urilishidan oldin haydovchi “juda yuqori tezlikda” ketayotganini tushuntirdi.

The New York Times manbasiga ko`ra, tergovchilar voqea terrorizmga aloqasi yo`qligini aniqlagan va hech qanday portlovchi moslama topmagan.

Haydovchi AQSh-Kanada chegarasini tez-tez kesib o`tgan va jinoiy tarixga ega bo`lmagan qimorxona o`yinchisi bo`lgan, deydi manba. U va uning yo`lovchisi amerikaliklar edi.

O`z navbatida, CNN’ning qayd etishicha, hozirda ushbu hududda Kanada va Qo`shma Shtatlarni bog`laydigan to`rttadan biri bo`lgan Lyuiston-Kvinston ko`prigida transport harakati qayta tiklanmoqda. Portlash joyida Federal qidiruv byurosi xodimlari ishlamoqda.

 

    Boshqa yangiliklar