AsosiyDunyo

JSST Xitoyda bolalar o`rtasida avj olayotgan kasallik bo`yicha bayonot berdi

'JSST Xitoyda bolalar o`rtasida avj olayotgan kasallik bo`yicha bayonot berdi'ning rasmi

Bir necha kundan buyon OAVlarda Xitoyda bolalar noma`lum xavfli kasallikka uchrayotgan va kasallik mamlakat bo`ylab tez avj olib borayotgani xabar qilinmoqda. 

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lum qilishicha, Xitoy hukumati mamlakat shimolidagi bolalar orasida paydo bo`lgan kelib chiqishi noma`lum pnevmoniya klasterlarini o`rganish chog`ida “g`ayrioddiy yoki yangi patogenlar”ni aniqlamadi.

Avvalroq Xitoyning nodavlat OAVlari mamlakatning ayrim hududlaridagi bolalar shifoxonalari kasal bolalar bilan to`lib ketgani haqida xabar bergan edi.

"Xitoy rasmiylari noodatiy yoki yangi patogenlar yoki g`ayrioddiy klinik ko`rinishlar aniqlanmaganligini va yuqorida aytib o`tilgan nafas olish kasalliklarining umumiy o`sishiga bir nechta ma`lum patogenlar sabab bo`lgan", deyiladi JSST e`lon qilgan bayonotda.

JSST ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning oktyabr oyidan boshlab Xitoy shimolida grippga o`xshash kasalliklar soni so`nggi uch yilning shu davridagi eng yuqori ko`rsatkichga aylandi. Pekin bu epidemiyani anti-Kovid choralarini bekor qilish bilan bog`laydi.

Xitoy rasmiylariga ko`ra, hozirgi vaqtda nafas yo`llari kasalliklari sonining ko`payishi shifoxonalar yukining ortishiga olib kelmadi, deya qo`shimcha qildi JSST.

Tashkilot, shuningdek, Xitoy aholisini infeksiyani tarqalish xavfini kamaytirish uchun ehtiyot choralarini ko`rishga chaqirdi.

JSST "vaziyatni yaqindan kuzatib borayotganini va Xitoyning milliy organlari bilan yaqin aloqada ekanligini" aytdi.

 

    Boshqa yangiliklar