AsosiyDunyo

G`azoga insonparvarlik yordamini ko`paytirish kerak - AQSh Mudofaa vaziri

'G`azoga insonparvarlik yordamini ko`paytirish kerak - AQSh Mudofaa vaziri'ning rasmi

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin isroillik hamkasbi Yoav Galant bilan telefonlashdi, deya yozmoqda “zamon.uz”. 

U Isroil va HAMAS o`rtasida garovga olinganlar va asirlarni almashish jarayoni boshlanganini qo`llab-quvvatlab, G`azo sektoriga insonparvarlik yordami etkazib berish hajmini oshirish zarurligini aytgan.

Pentagon rahbarining ta`kidlashicha, tinch aholi yordam olishi mumkin bo`lgan xavfsiz hududlar ham belgilanishi kerak. Buning uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan mojarolarni hal qiluvchi va yordam etkazib berishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqa o`rnatish zarur.

Bundan tashqari, Ostin Qo`shma Shtatlarning G`azodagi mojaroning Livanga tarqalishining oldini olishdan manfaatdor ekanini yana bir bor tasdiqladi. U Livandan Isroilga qarshi davom etayotgan transchegaraviy hujumlarni qoralagan.

    Boshqa yangiliklar