Moskvaning Vnukovo, Domodedovo va Sheremetevo aeroportlarida qor yog`ishi sababli kamida 35 reys kechiktirildi, yana to`rtta reys bekor qilindi.
Bugun, mahalliy vaqt bilan soat 07:30 holatiga ko`ra, Vnukovoga 14 ta reys kechiktirildi, yana uchtasi bekor qilindi. Domodedovoga 14 ta reys kechiktirildi, yana biri bekor qilindi. Sheremetevoda ettita reys kechiktirildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun Moskvada kun bo`yi qor yog`adi. Ob-havo markazi ma`lumotlariga ko`ra, poytaxtda kuniga 26,5 mm gacha yoki oylik me`yorning 50 foizigacha yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. Moskva transport departamenti tramvayning kechikishi ehtimoli haqida ogohlantirdi. Rasmiylar moskvaliklardan shaxsiy transportda sayohat qilmaslikni so`radi.