Avvalroq, o`n to`rt yoshli shaxmatchi Afruza Hamdamova Italiyada bo`lib o`tgan yoshlar o`rtasidagi chempionatda mamlakatimiz tarixida birinchi bor jahon chempioni bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Bugun Samarqand viloyat hokimligida chempion bilan uchrashuv o`tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Afruza va uning oila a`zolariga minnatdorlik bildirib, Afruzaning chempion bo`lganligi ko`plab yoshlarga motivasiya berishini hamda yurtimizda sportning shaxmat turi yanada rivojlanishiga o`ziga xos turtki vazifasini o`tashini ta`kidlagan.
Uchrashuv yakunida chempionga tashakkurnoma va esdalik sovg`alari topshirilgan.
Ma`lumot uchun, Afruza Hamdamova bugungi kunda Samarqand shahridagi 42-umumiy o`rta ta`lim maktabining 8-sinfida tahsil olmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, Afruza Hamdamovaning Toshkentga kelishini prezident yordamchisi Saida Mirziyoeva shaxsan kutib olgani haqida xabar bergan edik.






