2023 yil 1 dekabrdan boshlab Ochiq ma`lumotlar portali hamda vazirlik va idoralarning veb-saytlariga boshqa ochiq ma`lumotlar qatorida quyidagilar ham joylashtiriladi.
- hududlar kesimida “Haj” ziyoratiga borish uchun navbatda turgan fuqarolarning yagona onlayn navbati;
- bolalarni davlat maktabgacha ta`lim tashkilotiga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati;
- davlat xaridlarini amalga oshirishga oid tartib-taomillarni belgilovchi ichki hujjatlar;
- bo`sh ish o`rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo`yiladigan talablar va taqdim qilinadigan hujjatlar;
nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari, shu jumladan g`olib bo`lgan nodavlat notijorat tashkilotlarining buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlar;






