AsosiyJamiyat

Ta`lim sohasidagi xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar-trening bo`lib o`tdi

'Ta`lim sohasidagi xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar-trening bo`lib o`tdi'ning rasmi

Bugun Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan tabiiy fanlar yo`nalishida dars jarayonlarini samarali tashkil etish mavzusida trening mashg`ulotlari tashkil etildi.

Trening tadbirida xorijiy ekspertlar tomonidan:

  •  maktab o`quvchilarida tadqiqotchilik ko`nikmalarini tabiiy fan doirasida rivojlantiruvchi o`quv topshiriqlarini tuzish,  
  • dars mazmuniga loyihaga asoslangan ta`limni (PBL) singdirish,
  •  o`quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishning zamonaviy usullari xususida ishtirokchilarga atroflicha ma`lumot berib o`tildi.  

Shuningdek, mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bo`ylab ekskursiya tashkil etilib, o`quv jarayonlari va o`quvchilar faoliyati bilan tanishtirildi.

Khairi Abdullah, xorijiy ekspert (Singapur):

- Bugun ertalab bizga maktab bo`ylab ekskursiya tashkil etildi. Unda o`quvchilarning bilimga chanqoqligi va o`qituvchilarning izlanuvchanligiga guvoh bo`ldik va bu bizda katta taassurot qoldirdi. Darslar juda ajoyib tashkil etilgan, o`qituvchilar o`z fanlarini ma`lumotlarga boy holda o`tishmoqda.  

Bizni bir-birimizdan o`rganadigan narsalarimiz ko`p. Shu nuqtai nazardan men istiqboldagi hamkorlik va birgalikdagi loyihalarga umid qilib qolaman.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar