AsosiyJamiyat

Toshkentga turp deya olib kirilgan avtomashina ichidan 327 mln so`mlik pirotexnika vositalari chiqdi

'Toshkentga turp deya olib kirilgan avtomashina ichidan 327 mln so`mlik pirotexnika vositalari chiqdi'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan DXX va ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda salkam 460 ming dona salyut va petardalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yilgan.

Bu haqda Bojxona Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvaldan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvida Farg`ona vodiysidan poytaxt hududiga kirib kelgan Isuzu rusumli yuk avtotransport vositasi to`xtatilib tekshirilgan.

Avtomashina yukxonasidagi turp solingan qoplar ortiga yashirilgan qutilar bojxona xodimlarining diqqatini tortgan.

    Boshqa yangiliklar