AsosiyJamiyat

Toshkentda 8-sinf o`quvchisi vafot etgani yuzasidan Bosh prokuratura qo`shimcha ma`lumot berdi

'Toshkentda 8-sinf o`quvchisi vafot etgani yuzasidan Bosh prokuratura qo`shimcha ma`lumot berdi'ning rasmi

Biroz avval, 27 noyabr  kuni taxminan  soat 18.15da Mirzo Ulug`bek tumanidagi 99-sonli umumta`lim maktabi  8-“I” sinf o`quvchisi A.A. maktab  hovlisidagi sport maydonidan chiqib ketayotganida  tobi qochgan va hushidan ketgan.   Shu vaqtni o`zida  maktab qorovuli tomonidan tez tibbiy yordamga qo`ng`iroq  qilingan. Tez yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markaziga olib ketilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi   shifokorlari tomonidan yordam ko`rsatilganligiga qaramay  A.A. o`ziga kelmagan va vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, dastlabki xulosaga ko`ra, bolaning o`limi elektr jarohati, elektr toki yoyidan zaxarlanish, o`tkir nafas yurak-qon tomir etishmovchiligi, bosh miya va o`pka shishi, chap qo`l kaft sohasi elektr tamg`asi natijasida yuz bergan.

    Boshqa yangiliklar