Bugun, 28 noyabr kuni soat 14:58 da Toshkent metropolitenining Qo`yliq bekatida noma`lum erkak o`zini harakatlanib kelayotgan poezd tagiga tashladi. Bu haqda Metropoliten Matbuot kotibining "Toshkent metropoliteni" DUK xabar bermoqda .
Erkak olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
"Hozirda "Er usti halqa yo`l" yo`nalishining bir tomon qismi vaqtincha harakatdan to`xtatilgan. Holat yuzasidan batafsil ma`lumotni dastlabki surishtiruv ishlari yakuniga etgach ma`lum qilamiz", - deyiladi xabarda.