AsosiyJamiyat

O`zbekistonda atrofni ifloslantirgan korxonalar faoliyatini vaqtincha to`xtatilishi mumkin

'O`zbekistonda atrofni ifloslantirgan korxonalar faoliyatini vaqtincha to`xtatilishi mumkin'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o`qishda ko`rib chiqildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Majlisda qayd etilishicha, qurilish, ishlab chiqarish va urbanizasiya ko`lamining kengayishi atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining keskin ortishiga sabab bo`lmoqda. Shunga ko`ra, atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishining oldini olish maqsadida tabiatga zararli ta`sir ko`rsatayotgan obektlar faoliyatini cheklash va to`xtatib qo`yish mezonlarini qayta ko`rib chiqishga to`g`ri kelyapti.

Mazkur qonun loyihasi bilan esa qonun hujjatlariga atrof tabiiy muhitni normativdan ortiq darajada ifloslantiruvchi korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa ob`ektlar faoliyatini o`n ish kunidan ko`p bo`lmagan muddatga cheklashni hamda to`xtatib turishni nazarda tutuvchi o`zgartirishlar kiritilmoqda.

Deputatlarning ta`kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatda ekologik holatni yanada yaxshilash, aholining hayoti va sog`lig`iga xavf yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek vakolatli davlat organlarining ushbu yo`nalishdagi mas`uliyatini oshirish imkonini beradi. Muhokamalar yakunida qonun loyihasi qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar