Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman bo`limi tomonidan tuman IIB va soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda “Namangan muntazam” YPX maskanida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.A. va O.O. o`zaro til biriktirib, O.O.ning “ISUZU” rusumli avtotransport vositasida umumiy bahosi 477 mln so`mlik 4 xil turdagi jami 49 480 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
28.11.2023 18:22
Popda qariyb 50 ming quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkentga olib kelayotganlar qo`lga tushdi
