Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.M. Urgut tumanidagi “Q.” MFY hududidan 50 sotix zaxiradagi er maydonini fuqaro Z.I.ga 97 000 AQSh dollariga firibgarlik yo`li bilan sotishga kelishib, er maydoni hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 31 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
B.M.ning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Davlat kadastrlar palatasi Urgut tumani filiali bo`limi muhandisi N.N. yuqoridagi er maydonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
28.11.2023 19:26
Samarqandda mahallaning erini sotmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi
