Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yo`l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-prosessual kodeksi va O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuborildi. Bu haqda deputat Alisher Qodirov xabar berdi.
Unga ko`ra, Vazirlar Mahkamasiga 14 turdagi yo`l harakati qoidalarini buzganlik uchun 0,5 dan 2 gacha jarima ballari hisoblash va yil davomida 12 jarima ball olgan haydovchini boshqarish huquqidan mahrum qilish tartibini ishlab chiqish topshirilgan.
Qoidani buzmagan haydovchilarni rag`batlantirish va jazo muddati tugagach, qayta imtihon topshirib guvohnoma olish mumkinligi alohida belgilab qo`yilgan.
- Tabiiy va suyultirilgan gazda ishlaydigan transport vositalarida xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun 5 baravardan 10 baravargacha jarima;
- Yo`l bezoriligiga 25 baravargacha;
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimini vazifasini bajarishi bilan bog`liq axborotni uni obro`sizlantirish maqsadida, internet tarmog`iga joylashtirgani uchun 50 baravargacha jarima belgilanmoqda.