Xabaringiz bor, Sirdaryo viloyatida zamonaviy bug`-gaz elektr stansiyasi ishga tushirildi.
Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi departament boshlig`i Akram Alievning ta`kidlashicha, viloyatning Shirin shahrida ishga tushirilgan ushbu stansiya 3 milliondan ortiq xonadonni va yuzlab korxonalarni energiya bilan ta`minlaydi.
Umumiy quvvati 1560 MVt bo`lgan issiqlik elektr stansiyasi tarmoqqa birinchi elektr energiyasi etkazishni boshladi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida “Yashil vodorod ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini qurilish ishlariga start berildi.






