Ijtimoiy tarmoqlarda G`uzor tumanida tez tibbiy yordam xizmati xodimlari ish paytida tug`ilgan kun nishonlashgani haqida xabar e`lon qilindi. Holat yuzasidan Qashqadpryo viloyati SSB munosoabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat mutasaddilar tomonidan o`rganilib, G`uzor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi bo`lim mudiri, bosh hamshirasi va ikki nafar navbatchi hamshirasiga nisbatan Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan intizomiy jazo choralari qo`llanildi.






