AsosiyDunyo
1689

"Ilgari 7-8 nafardan bola bo`lgan". Putin rossiyalikdan ko`proq farzand ko`rishlarini so`radi

'"Ilgari 7-8 nafardan bola bo`lgan". Putin rossiyalikdan ko`proq farzand ko`rishlarini so`radi'ning rasmi

Vladimir Putin mamlakat og`ir demografik muammolarga duch kelganini ta`kidlab, ko`p farzandli bo`lish an`analariga qaytishni maslahat berdi.

Rossiya prezidenti Butunjahon rus xalqi kengashi yig`ilishida so`zlagan nutqida "bizning bobo-buvilarimiz uchun ko`p farzandli bo`lish odat", - deya aytib o`tdi. Uning aytishicha, avvalgi avlodlarda har bir oilada 7-8 nafar farzand bo`lgan.

Rossiya rahbari demografik muammolarni hal qilish faqat ijtimoiy to`lovlar va imtiyozlar ko`rinishidagi moddiy rag`batlantirish bilan cheklanib qolmasligini tushuntirdi. Uning so`zlariga ko`ra, insonning hayotiy ko`rsatmalari muhimroqdir.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar