O`zbekiston Futbol Federasiyasi hamda Osiyo Futbol Konfederasiyasi hamkorligida Samarqand shahrida ayol murabbiylar uchun futzal bo`yicha “Level 1” toifali lisenziya uchun o`quv kurslari o`tkaziladi.
Ushbu xalqaro toifali lisenziya uchun o`quv kurslari 18 – 23 noyabr sanalarida bo`lib o`tadi.
O`quv-mashg`ulot kurslarini olib borish uchun eronlik OFK instruktori Shaxrizod Muzaffar taklif etilgan. Unga yordamchi sifatida Kamola Usmonova tayinlangan. O`quv kurslari koordinatori esa – Umidjon Hotamov.