AsosiyJamiyat
1029

“Toshkent — Sariosiyo — Toshkent” yo`nalishida yo`lovchi poezd harakati yo`lga qo`yildi

'“Toshkent — Sariosiyo — Toshkent” yo`nalishida yo`lovchi poezd harakati yo`lga qo`yildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2023 yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida o`tkazilgan taqdimotlar va muloqotlar jarayonida berilgan topshiriqlar bo`yicha 82/81-sonli “Toshkent — Sariosiyo — Toshkent” yo`nalishida alohida yo`lovchi poezd harakati yo`lga qo`yildi. Poezd 2023 yilning 10 dekabr sanasidan harakatni amalga oshiradi. Bu haqda "O`ztemiryo`lovchi" AJ xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, hozirgi kunda "Toshkent — Termiz — Sariosiyo" yo`nalishida har kuni bir marotaba harakatlanadigan yo`lovchi poezd harakati mavjud bo`lib, ushbu poezd ajralmas tarkib bilan harakatlanadi. Shu sababdan ushbu poezdni ikkita yo`nalishda alohida qatnovlarini tashkil etish yo`lovchi tashishlar sonini ikki barobarga oshirilishiga xizmat qiladi. Yo`nalishlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

82-sonli “Toshkent — Sariosiyo” yo`nalishi:

Toshkent 21:40 — Sariosiyo 12:08

81-sonli “Sariosiyo — Toshkent” yo`nalishi:

Sariosiyo 19:13 — Toshkent 11:47

80-sonli “Toshkent — Termiz” yo`nalishi:

Toshkent 19:50 — Termiz 9:40

79-sonli “Termiz — Toshkent” yo`nalishi

Termiz 17:43 — Toshkent 8:53

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar