AsosiyDunyo

Ukraina Evropa Ittifoqiga qo`shilish uchun qariyb barcha talablarni bajardi - Evrokomissiya prezidenti

'Ukraina Evropa Ittifoqiga qo`shilish uchun qariyb barcha talablarni bajardi - Evrokomissiya prezidenti'ning rasmi

 Ukraina Evropa Ittifoqiga qo`shilish bo`yicha muzokaralar jarayonini boshlash uchun deyarli barcha talablarni bajardi, dedi Evrokomissiya prezidenti Ursula fon der Leen.

EK Kiev va Kishinyovning hamjamiyatga qo`shilishi bo`yicha muzokaralarni qator shartlar, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashdan so`ng boshlashni tavsiya qildi.

"Ular nomzod davlat bo`lganlarida biz so`ragan deyarli barcha qadam uchun barcha kerakli talablarni bajardilar", dedi fon der Leen.

Avvalroq Evrokomissiya rahbari Kiev shartlarning 90 foizini bajarganini qayd etgan edi. Uning so`zlariga ko`ra, Ukraina bilan muzokaralar 2023 yilda boshlanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar