Himoloyda qulagan tunnel vayronalari ostida qolgan ishchilarni qutqarish operasiyasi yakunlandi, deb xabar bermoqda NewTimes.kz axborot agentligi.
Uttarakxand shtati hukumati 41 kishining barchasi qutqarib olinganini aytdi.
Tunnel qulashi 17 kun avval 4,5 kilometr chuqurlikda sodir bo`lgan. Ishchilardan hech biri jabrlanmagan. Ular 17 kun davomida uzunligi taxminan ikki kilometr va balandligi 8,5 metrlik joyda yashashgan..
Qutqaruvchilar vayronalar ostidan birinchi teshikni ochishi bilanoq, ko`milib qolgan odamlar imkon qadar oziq-ovqat, suv va kislorod bilan ta`minlandi. Kislorod tanqisligi ertami-kechmi ularning ahvoliga salbiy ta`sir qila boshlaydi degan qo`rquv bor edi.
Qutqaruv operasiyasiga yuzdan ortiq odam jalb qilingan.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi operasiyaning barcha ishtirokchilarini tabrikladi va ishchilar qutqaruvni kutayotganda jasorat bilan turganini qayd etdi.
“Uzoq kutishdan so`ng do`stlarimiz endi yana o`z yaqinlari bilan birga bo`lishlaridan juda xursandman”, deb yozadi u o`zining X ijtimoiy tarmog`idagi akkauntida. “Ushbu og`ir damlarda ular va ularning oila a`zolari ko`rsatgan sabr va jasoratni baholab bo`lmaydi. ”.