Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Aqto`bega favqulotda qo`nishni amalga oshirdi. Bu haqda UZBEKISTAN AIRPORTS xabar berdi.
“Qanot Sharq” mahalliy aviakompaniyasining Sankt-Peterburg — Samarqand yo`nalishida parvoz qilayotgan HH786 reysi yo`lovchilardan birining sog`lig`i yomonlashgani sababli Aqto`be (Qozog`iston) xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qo`nishga majbur bo`ldi. Ekipaj bortga oldiga tez yordam mashinasini so`ragan.
Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 14:48 da Aqto`bega qo`ngan. Qayd etilishicha, samolyot yaqin vaqt ichida Samarqand aeroportiga uchib ketishi rejalashtirilmoqda.