AsosiyJamiyat

Toshkent tumanida kredit va subsidiya mablag`larini o`zlashtirgan MChJ aniqlandi

'Toshkent tumanida kredit va subsidiya mablag`larini o`zlashtirgan MChJ aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.E.” MChJ rahbari O.S. va boshqalar hududiy tijorat bankining Keles filialidan xorijiy davlatlardan nasldor qora mollarni olib kelish va ko`paytirish uchun ajratilgan 2,1 mlrd so`m kredit va subsidiya mablag`ini soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar