Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani 14-mavzedagi 136-sonli DMTTdagi raqs to`garagiga qatnayotgan qizaloqning raqs o`qituvchisi uning qo`lini qattiq tortganidan qizcha qichqirgani bo`yicha ota-onasi ommaga murojaat yo`llagan videoxabar tarqaldi. Holat Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o`rganildi.
Unga ko`ra, Yunusobod tumanidagi 136-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida mazkur holat bo`yicha navbatdan tashqari yig`ilish o`tkazilib, Kasaba uyushmasi a`zolari ishtirokida muhokama qilingan.
Unda raqs to`garagi rahbari M.Sh.ga maktabgacha va maktab ta`limi vazirining 2023 yil 17 oktyabrdagi “Maktabgacha ta`lim tashkilotlarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to`g`risida”gi 478-sonli buyrug`i talablarini buzgani tushuntirib o`tildi va xodim bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi, deyiladi rasmiy munosabatda.






