AsosiyJamiyat

Qozog`istondagi yotoqxonadan 13 kishining jasadi chiqdi

'Qozog`istondagi yotoqxonadan 13 kishining jasadi chiqdi'ning rasmi

Olmaotada 30 noyabr kuni erta tongda Adi Sharipov ko`chasidagi yotoqxona yong`in sodir bo`ldi. Ayni damda yong`in oqibatida 13 kishi halok bo`lgani ma`lum qilindi.

Yong`in haqida xabar soat 05:30 da kelib tushgan. 7 daqiqadan so`ng o`t o`chiruvchilar voqea joyiga etib borgan va uch qavatli binoning erto`lasini o`chirishga kirishishgan. Binoning erto`lasida va birinchi qavatida yotoqxona joylashgan.

Yong`in sodir bo`lgan joydan o`t o`chiruvchilar 13 kishining jasadini topishdi. Ularning shaxsi aniqlanmoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ularning barchasi is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Yong`in sodir bo`lgan vaqtda yotoqxonada 72 kishi bo`lgan, ulardan 59 nafari yong`in joyini o`zlari tark etgan.

Yotoqxonada O`zbekiston, Pokiston fuqarolari, shuningdek, qozog`istonliklar istiqomat qilgan, dedi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i Nurlan Atiqaev.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar