AsosiyJamiyat

Toshkentda boshqa birovga tegishli plastik kartasidan 250 mln so`m o`g`irlagan shaxslar qo`lga olindi

'Toshkentda boshqa birovga tegishli plastik kartasidan 250 mln so`m o`g`irlagan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahrida o`zganing plastik kartasidagi 250 million so`m pulni o`zlashtirgan shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda IIV TDQ Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Yashnobod tumanida yashovchi 38 yoshli G.O. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan pul mablag`lari noma`lum shaxs tomonidan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilganini bildirgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Yashnobod tumanida yashovchi 26 yoshli N.G., Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida yashovchi 18 yoshli T.X. hamda Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida yashovchi 26 yoshli I.M. sodir etganli aniqlangan.

Aniqlanishicha, N.G. jabrlanuvchi G.O.ning qo`l telefoniga qo`ng`iroq qilgan va o`zini Click operatori sifatida tanishtirib, SMS-xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo`lga kiritgan va jami 250 million so`m miqdoridagi pullarni o`tkazib olib, o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) 4-qismi bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, N.G.,T.X. va I.M.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar