AsosiyJamiyat

Yotoqxonaldagi yong`in ortidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Yotoqxonaldagi yong`in ortidan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Olmaotada 30 noyabr kuni erta tongda Adi Sharipov ko`chasidagi yotoqxona yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik.

Qozog`iston huquq-tartibot idoralari Olmaotadagi yotoqxonada sodir bo`lgan va 13 kishining o`limiga olib kelgan yong`in yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atdi. Bu haqda Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

“Xosteldagi yong`in sabablarini o`rganish uchun vazir general-mayor Sirim Sharipxonov boshchiligida Favqulodda vaziyatlar vazirligining tezkor guruhi yuborildi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in erto`la yo`lagida kelib chiqqan.  Mazkur yong`in fakti yuzasidan Olmaota shahar Favqulodda vaziyatlar departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 292-moddasi (yong`in xavfsizligi qoidalarini buzish) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan”, deyiladi xabarda. 

Yong`in joyida tergovchilar va boshqarmaning yong`in sinov laboratoriyasi mutaxassislari ishlamoqda. 

    Boshqa yangiliklar