“Paxtakor” futbol klubi shifokori Dubay-Toshkent yo`nalishidagi reys qatnovida yo`lovchining hayotini saqlab qolinishiga sababchi bo`ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, “Al-Ayn” bilan o`yindan qaytayotgan jamoa o`rin olgan bortda yo`lovchi o`zini juda yomon his qilgan. Klub shifokori Umid Bahromovning tezkor harakatlari bilan bemor o`ziga kelgan.
“Bemorga o`z vaqtida yordam ko`rsatilmaganida, samolyot boshqa shaharga qo`nishi kerak bo`lardi”, deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Ma`lumot uchun, Osiyo Chempionlar ligasi 5-turi doirasida safarda “Al-Ayn”ni 3:1 hisobida taslim etgan “sherlar” muhim pallada uch ochko qo`lga kiritdi.






