Paxtaobod tumani hokimi lavozimiga Boboev Shoyatbek Hasanboevich tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.
Shoyatbek Boboev 1981 yilda Andijon viloyatining Xonobod shahrida tug`ilgan. 2011 yilda (sirtqi) Andijon qishloq xo`jalik institutini, 2016 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida “Uz-koje”, “O`zbekiston Temir yo`llari”, “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatlari, Xo`jaobod tumani hokimligi va uchta vazirlikda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining mashinasozlik (uskunasozlik) va elektrotexnika sanoati boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.






