O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o`zgarishi bo`yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun 30 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Dubay shahriga jo`nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, tashrif doirasida davlatimiz rahbari global iqlim sammitining yalpi sessiyasida nutq so`zlashi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro tashkilotlar va etakchi kompaniyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o`tkazishi ko`zda tutilgan.






