AsosiyDunyo

Rossiyada LGBT rasman ekstremistik harakat deb tan olindi

'Rossiyada LGBT rasman ekstremistik harakat deb tan olindi'ning rasmi

Rossiya Oliy sudi LGBT harakatini ekstremistik deb tan oldi va uning mamlakatda faoliyatini taqiqladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Adliya vazirligining LGBT harakatini ekstremistik deb tan olish to`g`risidagi da`vosi qanoatlantirilsin”, deyiladi qaror matnida. 

Sud qarori darhol ijro etilishi kerak. Ishda maxfiy materiallar mavjudligi sababli sud majlisi yopiq o`tgan, sudlanuvchining vakillari sudga kelmagan. 

Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan dalillarni o`rganish sudda taxminan to`rt soat davom etgan, shundan so`ng qaror e`lon qilingan. Ammo matbuotga sudning sabablari noma`lumligicha qolmoqda. 

    Boshqa yangiliklar