AsosiyDunyo

“Jasadlari O`zbekistonga qaytariladi”

'“Jasadlari O`zbekistonga qaytariladi”'ning rasmi

Joriy yilning 30 noyabr kuni tongida Qozog`istonning Olmaota shahri Adi Sharipov ko`chasida joylashgan Almaty Hostelda yong`in yuz bergani haqida xabar bergan edik.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, asosan talabalardan iborat 72 kishi yashagan 457 kv.m. maydonga ega xostel er to`lasi koridoridan boshlangan yong`in oqibatida 13 kishi halok bo`lgan.

Halok bo`lganlarning 2 nafari, ya`ni 2000 yilda tug`ilgan N.A. va 2000 yilda tug`ilgan S.K. O`zbekiston fuqarolari hisoblanadi.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi.

”Hozirgi vaqtda mazkur holat mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan hamda vafot etgan yurtdoshlarimizning jasadlarini O`zbekistonga qaytarish choralari ko`rilmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.

    Boshqa yangiliklar