Farg`onada «O`zbekistonda ayollarga ambulator yordam: muammolar va echimlar» mavzusida hududiy ilmi-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi. Uning asosiy maqsadi sog`liqni saqlashning birlamchi bo`g`inida antenatal yoki yashash joyi bo`yicha poliklinkalar va ayollar konsultasiyalarida tug`ruqqa qadar yordam ko`rsatishda mutaxassislarning malakasini oshirishdan iboratdir.
Konferensiya O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIOvaBSIATM DK) tomonidan tashkil etilgan.
RIOvaBSIATM tomonidan uning 2023 yil 8 sentyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-296-sonli qaroriga muvofiq qabul qilingan bugungi ko`rinishida tashkil etilgan. Kiritilgan o`zgarishlarning asosiy maqsadlaridan biri —markazning va birlamchi tibbiy-sanitar yordam faoliyatini muvofiqlashtirishni ta`minlab beruvchi yagona tizimni joriy etishdir.
Bunday yagona tizimni yaratishdan shuningdek, poliklinikalarda tug`ruqqa qadar yordam ko`rsatuvchi shifokorlarning bilimini sifat darajasi bo`yicha yangi darajagacha oshirish, profilaktika bo`yicha, yuzaga keladigan muammolarni erta tasxishlash bo`yicha ularning imkoniyatlarini kengaytirish, zarurat tug`ilsa bemorlarni Markaz tizimlari, uning hududiy filiallari mutaxassislariga maqsadli yo`naltirish maqsad qilingan.
Bunday ish boshlandi va Farg`ona konferensiyasi kabi tadbirlarni tashkillashtirish uning bo`g`inlaridan biri sanaladi.
Konferensiyaning ochilish marosimida ishtirokchilarga qutlov so`zi bilan Farg`ona viloyat hokimi o`rinbosari Fayzulla Qosimov, RIOvaBSIATM DK direktor o`rinbosari Firuza Nishanova, RIOvaBSIATM DK Farg`ona filiali direktori Madhiya Suyarqulova murojaat qildilar.
Mutaxassislar yana bir qator dolzarb mavzularni ko`rib chiqdilar. Ular orasida antenatal baholashga va davolashga zamonaviy yondashuv, tibbiy profilaktika tizimini hamda onalar salomatiligini muhofaza qilish patronajini, Farg`ona vodiysi viloyatlarida antenatal davolash xizmatini takomillashtirish ham mavjud.
Konferensiya auditoriyasining asosiy qismini tashkil etgan oilaviy va ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalar shifokorlari yuqorida ta`kidlangan mamlakat Prezidenti qarori bilan ko`zda tutilgan tibbiyot profilaktikasi va onalar salomatligini muhofaza etish patronajining takomillashtirilgan tizimini joriy etish haqida ko`plab savollar berdilar.
Bugun ona bo`lishga tayyorgarlik ko`rayotgan ayollar salomatligi poliklinika shifokorlaridan boshlab yuqori malakali mutaxassislargacha bo`lgan ishonchli qo`llarda bo`lishi uchun katta hamkorlikdagi ish kutilyapti.
Aynan ana o`shalar zimmalariga ularga biriktirilgan hududlardagi xavf-xatar omillari mavjud bo`lgan va stomatik kasalliklar bilan kasallangan homilador ayollarni aniqlash, ularni tug`ruqqacha bo`lgan barcha kuzatuv bosqichlaridan o`tishi hamda xalqaro amaliyotlarga muvofiq davolanishi uchun hisobga qo`yish vazifasi biriktirilgan tibbiyot brigadalarini tashkil etish yuklatilgan.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi






