AsosiyJamiyat

To`lov tizimi operatorlari va to`lov tashkilotlari ustav kapitali miqdori oshiriladi

'To`lov tizimi operatorlari va to`lov tashkilotlari ustav kapitali miqdori oshiriladi'ning rasmi

“Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste`molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

 Qarorga ko`ra, 2024 yil 1 iyuldan to`lov tizimi operatorlari va to`lov tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi va faoliyat ko`rsatishi mumkin bo`ladi.

 To`lov tizimi operatorlari va to`lov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori:
- 2024 yil 1 iyuldan – to`lov tizimi operatorlari uchun 50 mlrd so`mni, to`lov tashkilotlari uchun 10 mlrd so`mni;
- 2025 yil 1 iyuldan – to`lov tashkilotlari uchun 20 mlrd so`mni tashkil etadi.

 “Milliy banklararo prosessing markazi” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushi to`liq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o`tkaziladi.
 Elektron tijoratni tartibga solish va rivojlantirish hamda lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish funksiyalari Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga o`tkaziladi.

O`g`rilik, firibgarlikka chek qo`yish uchun  Markaziy bankka tijorat banklari, to`lov tizimi operatorlari va to`lov tashkilotlariga bank kartalari bilan bog`liq shubhali operasiyalar sodir etilganda, bank kartalari, bank hisobvaraqlari va mobil ilovalardagi hisobvaraqlardan foydalanishni 3 kungacha vaqtincha cheklash to`g`risida majburiy ko`rsatmalar berish vakolati berildi.
 

 

    Boshqa yangiliklar