AsosiyJamiyat

Bakuda SPEKA Davlat va hukumat rahbarlari, BMTining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo`yicha maxsus dasturining sammiti yakunlari muhokama qilindi(video)

'Bakuda SPEKA Davlat va hukumat rahbarlari, BMTining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo`yicha maxsus dasturining sammiti yakunlari muhokama qilindi(video)'ning rasmi

Xabar berganimizdek, bugun Markaziy Osiyo xalqaro institutida «BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturiga 25 yil: Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda mintaqaviy sheriklik istiqbollari» mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Unda joriy yilning 24 noyabr kuni Bokuda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi – SPEKA davlat va hukumat rahbarlari sammiti natijalari muhokama qilindi.

Unda ishtirok etgan dasturga a`zo mamlakatlar (Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston), shuningdek, Vengriya va Gruziya hukumat rahbarlari mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish, bu keng makonni global ahamiyatga ega bo`lgan o`zaro bog`liqlik markaziga aylantirishning asosiy masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv ishtirokchilari Ozarbayjonning samarali raisligi davrida SPEKAga a`zo davlatlar o`rtasidagi mintaqaviy hamkorlik mutlaqo yangi bosqichga ko`tarilganini alohida ta`kidladilar.

Dastur doirasida savdo, kommunikasiyalar, transport-logistika, raqamlashtirish, energetika, suv resurslari, ekologiya, gender tengligi kabi sohalarda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan salmoqli loyihalar amalga oshirildi.

Mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro har tomonlama qo`llab-quvvatlash zamonaviy murakkab xalqaro jarayonlar sharoitida ushbu Dasturda ishtirok etuvchi davlatlar oldida turgan rivojlanish vazifalarini muvaffaqiyatli engishning zarur sharti hisoblanadi.

Davra suhbatida yashil iqtisodiyot, innovasiyalar, yuqori texnologiyalar, logistika, muqobil energiya, aqlli qishloq xo`jaligi, zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani yaratish va mintaqada o`zaro bog`liqlikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa vazifalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 

    Boshqa yangiliklar