Ijtimoiy tarmoqlarda Milliy gvardiyaning Toshkent shahri bo`yicha boshqarmasi boshlig`i Jah Khalib konsertidagi tartibsizliklar sabab ishdan olingan, degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.
Milliy gvardiya Toshkent shahar bo`yicha boshqarmasi quyidagicha munosabat bildirdi:
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “Humo arena”saroyida xonanda Jah Khalib konsertidagi bo`lib o`tgan tirbandlik va uning sabablari to`g`risida rasmiy sahifalarimizda aniq ma`lumotlar bergan bo`lsakda, ayrim kimsalar tomonidan “Minglab odamlar konsertga soxta chiptalar yordamida kirishga uringan payt, jinoiy guruh a`zolari hamda xavfsizlik kuchlari o`rtasida to`qnashuv bo`lgan” degan haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlar tarqatilmoqda.
Yurtdoshlarimizdan bu kabi yolg`on xabarlarga ishonib qolmasliklarini so`rab qolamiz. Mavzuga doir savollarga aniq va ishonchli javob olishingiz uchun 71.236-50-74 yoki 97 448-04-77 raqamlariga qo`ng`iroq qilib Milliy gvardiya Axborot xizmati boshlig`i bilan bog`lanishingiz mumkin.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan va tekshirilmagan ma`lumotlarni tarqatmasliklarini so`rab, yolg`on ma`lumotlar tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatib qolamiz, deyiladi munosabatda.






