AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida issiqlik ta`minoti xizmatlari narxi o`zgardi

'Toshkent shahrida issiqlik ta`minoti xizmatlari narxi o`zgardi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimining Veolia Energy Tashkent MChJ XK tomonidan ko`rsatiladigan issiqlik ta`minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlarni tasdiqlashga oid qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 dekabrdan Veolia Energy Tashkent MChJ XK tomonidan ko`rsatiladigan issiqlik ta`minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan bazaviy narxlar qo`shilgan qiymat solig`isiz 664 465 so`m/Gkal darajasida, bunda:

  • aholi uchun — 91 960 so`m/Gkal;
  • yuridik shaxslar uchun — 212 660 so`m/Gkal;
  • byudjet tashkilotlari uchun 801 963 so`m/Gkal darajasida tasdiqlandi.

Ta`kidlanishicha, markazlashgan issiqlik ta`minoti tariflarini byudjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar uchun keskin oshib ketishining oldini olish maqsadida investision xarajatlar tarif strukturasidan alohida hisobga olingan. Shuningdek, iste`molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida to`lash tizimiga o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar