AsosiyJamiyat

Xalqaro va davlatlararo qidiruvga berilgan o`zbekistonlik Qirg`izistonda qo`lga olindi

'Xalqaro va davlatlararo qidiruvga berilgan o`zbekistonlik Qirg`izistonda qo`lga olindi'ning rasmi

Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi xodimlari Bishkekda qidiruvda bo`lgan 1997 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi A.S.ni qo`lga oldi. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.

"A.S. jinoiy guruhning faol a`zosi bo`lib, O`zbekiston hududida og`ir jinoyat sodir etgan. Keyin jinoiy javobgarlikdan qutulish maqsadida O`zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o`tgan. U O`zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan xalqaro va davlatlararo qidiruvga berilgan", — deyiladi qo`mitasi xabarida.

A.S. Bishkekdan sud qarori bilan O`zbekistonga chiqarib yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar