O`zbekiston MDH davlatlari orasida aholining uy-joy bilan ta`minlanganlik darajasi bo`yicha 7-o`rinda.
Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda aholining uy-joy bilan ta`minlanganlik ko`rsatkichi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o`rtacha 18,5 kvadrat metrni tashkil etgan.
Bu ko`rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 0,3 kvadrat metrga oshgan.
2023 yilning 1 yanvar holatiga MDH davlatlarida aholining uy-joy bilan ta`minlanganlik darajasi (har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o`rtacha to`g`ri keladigan kvadrat metr):
— Armaniston – 35,5 kv. m.
— Moldova – 35,3 kv. m.
— Belarus R. – 29,4 kv. m.
— Rossiya – 28,2 kv. m.
— Qozog`iston – 23,4 kv. m.
— Ozarbayjon – 20,1 kv. m.
— O`zbekiston – 18,5 kv. m.
— Qirg`iz R. – 13 kv. m.
— Tojikiston – 10,9 kv. m.
02.12.2023 20:23
O`zbekistonning MDH davlatlari orasida aholining uy-joy bilan ta`minlanganlik darajasi bo`yicha o`rni aytildi
