Jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko`ra, Ural va G`arbiy Qozog`iston orqali Rossiyasining shimoliy Evropa hududlaridan 9-10 dekabr kunlari O`zbekistonning shimoliy hududlariga, 11-12 dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda “O`zgidromet” xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, 10-11 dekabr kunlari respublika bo`ylab yog`ingarchilik bo`ladi, yomg`ir, qorga aylanishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin pasayadi va 11-12 dekabrda kechasi 7-10 daraja sovuqgacha, kunduzi 0-3 darajagacha pasayadi, shimolda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo`lishi kutilmoqda.
Toshkentda: 10-11 dekabrda, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qorga aylanishi mumkin). 11-12 dekabrda havo harorati kechasi 7-10 daraja sovuq, kunduzi 0-3 daraja sovuqgacha pasayadi.
9-12 dekabr kunlari uchun ob-havo ma`lumoti maslahatomus hisoblanadi.






